6 mart 2024
"AVTO-IJARA" mahsuloti bo'yicha ijarachilarga xizmat ko'rsatish tariflari
1. Gaz uskunasini o‘rnatish/qayta o‘rnatish/olib tashlash uchun ruxsatnoma = 4 BHМ;
2. Avtotransport vositasining xujjatlarini ular yo‘qolganda/yaroqsiz holga kelganda qayta tiklash uchun ruxsatnoma = 5 BHМ;
3. Yaqin qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, farzand, aka-uka va opa-singillar) transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma berish = 1 BHM
* ijara muddati 24 oygacha bo'lsa - ishonchnoma 6 oygacha muddatga beriladi;
ijara muddati 24 oydan oshganda - ishonchnoma 1 yilgacha muddatga beriladi;
4. Davlat raqami belgilarini almashtirish uchun ruxsatnoma = 7 BHM;
5. Avtotransport davlat raqami belgilarini yo‘qolgan/yaroqsiz holga kelgan/og‘irlangan hollarda qayta tiklash uchun ruxsatnoma = 9 BHM;
6. Qarzdorlikni muddatidan oldin to‘liq so‘ndirish = 5 BHM (ijara shartnomasi tuzilgan kundan 13 oy o‘tib ruxsat etiladi);
7. Ijara to‘lovlari jadvalini o‘zgartirishni ko‘rib chiqish – 2 BHM.
* Yuqorida keltirilgan to‘lovlar faqat yuqorida keltirilgan harakatlar amalga oshirilgan taqdirdagina Ijaraga
oluvchining tashabbusi bilan olinadi.
* Ijarachi - avtomobilni ijaraga olgan jismoniy shaxs.